Italiyada karantin 3 maygacha uzaytirilishi mumkin

Italiyada karantin 3 maygacha uzaytirilishi mumkin

Italiya hukumati koronavirusning mamlakatda tarqalishini cheklash bo‘yicha ko‘rilgan choralarni 3 maygacha uzaytirmoqchi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Juzeppe Konte ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni Italiyada intensiv terapiya bo‘limida yotgan bemorlar qatorasiga to‘rtinchi kun kamaygan. Bu haqda Fuqarolar hayotini himoya qilish departamenti xabar berdi. Hozirda Italiyada 3 605 nafar shunday bemor bor, bu chorshanba kuniga nisbatan 88 nafarga kam degani. Departamentning xabar berishicha, mamlakatda 96 877 kishi COVID-19 virusini yuqtirgan.

Shifokorlar gildiyalari federasiyasi (FNOMCEO) ma’lumotlariga ko‘ra, kecha Italiyada ikki shifokor koronavirusdan vafot etgan. Jami, virusdan vafot etgan shifokorlar soni 105 kishiga etdi.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!