ISW: Putin g‘alaba qozonishiga ishonadi. Uni zaiflashtirishning yagona yo‘li – G‘arbning harbiy yordamidir

 ISW: Putin g‘alaba qozonishiga ishonadi. Uni zaiflashtirishning yagona yo‘li – G‘arbning harbiy yordamidir

Rossiya prezidentining so‘nggi bayonotlari shuni ko‘rsatadiki, hozirda u Ukrainaning to‘liq taslim bo‘lishidan boshqa hech narsaga rozi bo‘lmaydi, deyiladi AQShning urushni o‘rganish instituti (ISW) tahliliy xulosasida.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Putin har qanday muzokaralar orqali o‘t ochishni to‘xtatishga faqat Rossiya harbiylarini qayta to‘plash va kengaytirish hamda kelajakda yangi hujum operasiyalariga tayyorgarlik ko‘rish uchun urushdan dam olish mexanizmi sifatida qaraydi.

Biroq Putin hozircha o‘t ochishni to‘xtatishdan manfaatdor emas, chunki, aftidan, u o‘z maqsadlariga kuch bilan erisha olishiga ishonadi, deb yozadi tadqiqotchilar.

Ularning tahliliga ko‘ra, Rossiya prezidenti urush qancha uzoq davom etsa, o‘zining hududiy maqsadlariga erishish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi, deb hisoblaydi.

Faqat G‘arbning Kiyevga bosib olingan Ukrainaning katta qismlarini ozod qilishdagi harbiy yordamigina Putinning Ukraina davlatchiligi va o‘ziga xosligini yo‘q qilishga bo‘lgan qat’iyatini zaiflashtirishning yagona ishonchli yo‘lidir, deb yozadi ISW.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!