Isroil-Xitoy munosabatlari keskin yomonlashmoqda

Isroil-Xitoy munosabatlari keskin yomonlashmoqda

O‘tgan o‘n yilliklar davomida Xitoy Yaqin Sharq mintaqasida o‘zini mohirlik bilan muvozanatlashtirib, Isroil va Falastin arablari bilan normal munosabatlarni saqlab qoldi. So‘nggi paytlarda bularning barchasi keskin o‘zgardi, deyiladi Al Monitor veb-saytidagi maqolada.

2023 yil 7-oktabrdagi teraktdan so‘ng Xitoy XAMAS terrorchilarining jirkanch vahshiyliklarini so‘zsiz qoralamadi, o‘zini vazminlik va tinch yo‘l bilan hal etish chaqiriqlari bilan chekladi. Shundan so‘ng Xitoy Isroilni o‘zini-o‘zi mudofaa qilishda aybladi va «Falastin arablarining qurolli kurashga kirishish huquqlarini» qo‘llab-quvvatladi. G‘azodagi operasiya davomida isroillik harbiylar boshqa narsalar qatorida Xitoy qurollarini ham topdi. Albatta, Isroil hukumati Xitoyning Eron bilan yaqinlashayotganidan juda xavotirda.

Isroil javob qaytardi. 2024 yil aprel oyida Isroil parlament delegasiyasi Tayvanga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, Isroil birinchi marta Xitoyning uyg‘urlarga nisbatan repressiyalarini qoralashga qo‘shildi. Isroilda Xitoy mahsulotlariga qaramlikni kamaytirish uchun ovozlar tobora ko‘proq eshitilmoqda.

Shu bilan birga, ayrim ekspertlarning fikricha, Xitoy-Eron do‘stligi mintaqa va Isroilga foyda keltirishi mumkin, chunki Xitoy Eron ambisiyalarini to‘xtatuvchi vosita sifatida harakat qila oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!