Isroil 2030 yildan boshlab barcha benzin va dizel avtomobillarini taqiqlashni rejalashtirmoqda va elektr avtomobillariga soliqlarni butunlay olib tashlamoqchi

Isroil 2030 yildan boshlab barcha benzin va dizel avtomobillarini taqiqlashni rejalashtirmoqda va elektr avtomobillariga soliqlarni butunlay olib tashlamoqchi

Ichki yonuv dvigatellari bo‘lgan transport vositalarini taqiqlash bo‘yicha mamlakatlarga Isroil ham o‘zining aniq rejalari bilan qo‘shilishi xaqida e’lon qildi deb yozadi itc.ua sayti.

Ushbu haftada Milliy infratuzilma, energetika va suv ta’minoti vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yildan keyin Isroilda benzin yoki dizel yoqilg‘isi mavjud bo‘lmaydi

Energetika vaziri Yuval Shtaynis (Yuval Steinitz)  bu yo‘nalishda qanday qadamlar tashlanganini xaqida gapirib berdi.
Xususan, hukumat 2000 ta yangi stansiyalar uchun mablag‘ni ko‘zda tutuvchi, yangi quvvatlash stansiyalarini qurish ishlarini faol ravishda moliyalashni rejalashtirmoqda.

Yoqilg‘i quyush shahobchalar tarmog‘idagilvar bilan "yashil yoqilg‘iga" o‘tish bo‘yicha alohida targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Mamlakat, shuningdek, elektromobillar uchun soliq va to‘lovlarni deyarli nolga kamaytirmoqchi, shuning uchun elektr avtomobillarining narxi hozirgi kunga nisbatan ancha past.

Qayd etish kerakki, elektr transport vositalariga o‘tish rejasi Isroilning barcha turdagi qazilma yoqilg‘ilarni, shu jumladan, benzin, dizel va ko‘mirdan voz kechish bo‘yicha yirik strategiyasining bir qismidir.

So‘nggi yillarda bir vaqtning o‘zida mamlakatda bir nechta yirik tabiiy gaz konlari topilgan bo‘lib, ular energiya iste’molchilarini, shu jumladan sanoat va issiqlik elektr stansiyalarini tabiy gaz bilan ta’minlaydi, bu esa ekologik jihatdan (neft va ko‘mir bilan solishtirganda) boshqa yoqilg‘i turlariga nisbatan ancha samarador.

O‘tish davrining asosiy nuqtasi bo‘lgan 2025 yilga borib, vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat yo‘llarida 177 mingga yaqin elektr avtomobillari paydo bo‘ladi.

Shundan so‘ng, ommaviy iste’molchi aniq misollarda elektr motorli transport, benzinli yoki dizel avtomobilga qaraganda boshqarish yengil va arzon bo‘lishini anglab yetishlari mumkin bo‘ladi.

Natijada, hukumatning rejalariga ko‘ra, bu elektr avtomobillariga bo‘lgan talab portlaydigan darajaga chiqib ketib,  5 yil ichida (2030 yilgacha) uning soni 200 mingdan 1,5 million donagacha o‘sishiga olib keladi.

2030 yildan boshlab, Isroil mamlakatga benzin va dizel yoqilg‘ili avtomobillarni olib kirishni to‘liq taqiqlaydi.
2030 yildan boshlab barcha yangi avtoulovlar faqat elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, mavjud avtobuslar va yuk mashinalari esa o‘z mahsulotlari hisoblangan siqilgan tabiiy gazga o‘tkazilinadi.

Isroil hukumati shu yilning oxirigacha bu rejani tasdiqlash niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Daniya tomonidan benzin va dizel yoqilg‘ili avtomobillarni sotishga ta’qiq qo‘yish niyatlari allaqachon elon qilingan bo‘lsa-da, Germaniya, Xitoy va boshqa bir qator davlatlar sanasini aniq ko‘rsatmasdan, shu kabi tayyorgarlikni ifoda etib keladilar.

Shuningdek, bu hafta Yevropa Ittifoqi davlatlari 2030 yilgacha avtomobillarning SO2  chiqindisini 35 foizga qisqartirishga kelishib oldilar.


Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!