Ishga joylashni va’da qilgan firibgarning qilmishi fosh bo‘ldi

Ishga joylashni va’da qilgan firibgarning qilmishi fosh bo‘ldi

2020 yil 23 may kuni soat 09:50 larda Departamentning Buxoro shahar bo‘limi va viloyat IIB JQB xodimlari tomonidan fuqaro A.A.ning arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahrida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro SH.SH. fuqaro A.A.ni aldab, o‘zining tanishlariga pora berish orqali “Enter Engineering” LTD korxonasiga haydovchi vazifasiga ishga joylashtirishni va’da qilib, Buxoro shahar M.Iqbol ko‘chasida firibgarlik yo‘li bilan 200 AQSh dollari va 300.000 so‘m pullarni olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.Surishtiruv davomida SH.Sh may oyi boshlarida ham A.A.dan 1200 AQSh dollari olganligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda SH.SH.ga nisbatan JKning 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!