Indoneziyada suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyada suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyaning Sulavesi orolidagi toshqin va ko‘chkilar oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda hukumat ma’lumotlariga tayanib, Associated Press xabar berdi.

Payshanba kunidan beri mintaqada davom etayotgan kuchli yomg‘ir Janubiy Sulavesi provinsiyasining Luvu tumanida ko‘chkiga sabab bo‘ldi, dedi mahalliy qutqaruv xizmati rahbari Mexianus Bekabel. Ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqinlari oqibatida 1000 dan ortiq uy vayron bo‘lgan, jumladan, 42 ta binoni sel oqizib ketgan.

Qidiruv-qutqaruv guruhlari ofat zonasida qo‘lga tushgan aholini evakuasiya qilishga jalb qilingan, 100 dan ortiq kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.

Indoneziyada mavsumiy yog‘ingarchilik ko‘pincha ko‘chki va toshqinlarga sabab bo‘ladi. Birgina aprel oyida Janubiy Sulavesi provinsiyasining Tana Toraja hududida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan ko‘chkilar 20 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!