6-8 may kunlari uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

6-8 may kunlari uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» 6-8 may kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6 mayda +12...+17 daraja, 7-8 mayda +14...+19 daraja, kunduzi 6-7 mayda +25...+30 daraja, 8 mayda +23...+28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7-8 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 6 mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +25...+30 daraja; 7-8 mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 mayda kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja; 7 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +25...+30 daraja; 8 mayda kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6 mayda kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +26...+31 daraja; 7 mayda kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +29...+34 daraja; 8 mayda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 7-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi 6 mayda +22...+27 daraja; 7-8 mayda +25...+30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 mayda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. 7-8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (2000 metrdan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 mayda kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +11...+16 daraja; 7 mayda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja; 8 mayda kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!