Foden jurnalistlar talqiniga ko‘ra APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Foden jurnalistlar talqiniga ko‘ra APLning ushbu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Angliya futbol jurnalistlari assosiasiyasi APLdagi mavsum o‘yinchisini aniqladi. Jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada "Manchester Siti" futbolchisi Fil Foden g‘olib bo‘ldi.

"Siti" yarim himoyachisi 42 foiz ovoz to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni esa Deklan Rays egalladi. Uchinchi o‘rinda "Man Siti"ning boshqa bir futbolchisi Rodri egalladi.

Ma’lumot uchun, Foden ushbu mavsum APLning 31 uchrashuvida 16 ta gol va 7 ta assist qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!