"Bir martalik moddiy yordam puli" ortida yashiringan kiberfiribgarlik jinoyati

"Bir martalik moddiy yordam puli" ortida yashiringan kiberfiribgarlik jinoyati

Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi 35 yoshli (ayol) O.S. IIOga murojaat qilib, nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra 15.970.000 mln. so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi 23 yoshli (ayol) R.M. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, (ayol) R.M., jabrlanuvchi (ayol) O.S.ga o‘zini "Maqsuda" deb tanishtirib, mahallada ishlashini hamda bir martalik moddiy yordam puli olishda yordam qilishini aytib, (ayol) O.S.ning bank mobil ilovasi orqali 15.970.000 so‘m miqdorda onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan R.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!