Chust tumanida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxs ushlandi

Chust tumanida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.F. (muqaddam sudlangan) fuqaro N.Z.ga qalbaki 1 650 AQSh dollarini haqiqiy 1 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, jami 33 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!