Vuchich Tayvan masalasida Xitoyni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Vuchich Tayvan masalasida Xitoyni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Tayvan masalasida Xitoyni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Bu haqda u XXR raisi Si Szinpinning Belgradga tashrifi arafasida Xitoy markaziy televideniyesiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Tayvan Xitoyga tegishli, bunga hech qanday shubha yo‘q. Xitoy rahbari Si Szinpin kelajakda Tayvan masalasini o‘zi va Xitoy xalqi xohlagan tarzda to‘g‘ri hal etishiga ishonamiz", - dedi Vuchich.

Shuningdek, u erkin savdo kelishuvi tufayli mamlakatining Xitoy bilan savdosi yaqin 10 yil ichida ikki baravar oshishi mumkinligini taxmin qildi.

“Yana bir muhim narsa bor: biz Pekinda erkin savdo shartnomasini imzoladik, bu biz uchun juda muhim, chunki ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6,1 milliard dollarga yetdi, men ishonamanki, keyingi 10 yil ichida savdo hajmi oshadi. Ikki tomonlama savdo ikki yoki uch yoki undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin, erkin savdo shartnomasi bunga imkon beradi, men bu kelishuv kelajakda yanada yaxshi hamkorlik qilish uchun yangi eshiklarni ochishiga ishonaman ", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!