Nigeriyada deyarli bir hafta ichida 40 dan ortiq odam qizamiqdan vafot etdi

Nigeriyada deyarli bir hafta ichida 40 dan ortiq odam qizamiqdan vafot etdi

Nigeriya shimoli-sharqidagi Adamava shtatida qariyb bir hafta ichida kamida 42 kishi qizamiqdan vafot etdi.

Bu haqda shtat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Feliks Tanvami ikki tuman epidemiya o‘chog‘iga aylanganini ta’kidladi.

"Vaksinasiyalarni amalga oshirish uchun joylarga shifokorlar guruhlari yuborildi, ular kasallik tarqalishini oldini olishmoqda", - dedi Tanvami. Uning qo‘shimcha qilishicha, 200 ga yaqin qizamiq belgilari aniqlangan, ulardan 42 nafari vafot etgan.

Nigeriya shimolida aholini emlashdagi qiyinchiliklar, shu jumladan terroristik guruhlarning harakatlari tufayli qizamiq epidemiyasi deyarli har yili sodir bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!