Turkiyaning eng yirik banklaridan biri ruslarning hayotini qiyinlashtirdi

Turkiyaning eng yirik banklaridan biri ruslarning hayotini qiyinlashtirdi

2024 yil boshidan buyon Turkiyaning eng yirik banklaridan biri «Deniz Bank» Rossiya fuqarolari uchun hisob raqamlar ochishni amalda to‘xtatdi, deb yozadi Rossiya OAV.

Qayd etilishicha, avval chet el pasporti bo‘lgan taqdirda hisob avtomatik tarzda ochilgan. Biroq, joriy yil boshidan boshlab, shartlar qattiqlashgandan so‘ng, Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma va «propiska» kerak bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, yuqoridagi hujjatlar mavjud bo‘lishiga qaramay, bank Rossiya Federasiyasi fuqarolari uchun hisob ochishdan bosh tortmoqda. Istisnolar faqat 100 ming dollar va undan yuqori depozitga ega bo‘lgan mijozlar uchun amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!