WBA reytingi yangilandi

WBA reytingi yangilandi

WBA'ning yangilangan reytingida 3 nafar bokschimiz ko‘tarildi.

Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) aprel oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.

Ushbu reytingdan 8 nafar bokschimiz o‘rin olgan:

Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda ham 1-o‘rin edi)

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) - 9-o‘rin (o‘tgan oyda 10-o‘rin edi);

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 3-o‘rin (u o‘tgan oyda 4-o‘rinda edi);

Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 9-o‘rin (o‘tgan oy 7-o‘rinda edi);

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - vazn chempioni;

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 4-o‘rin (o‘tgan oy 5-o‘rinda edi).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!