Trinidad va Tobago Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi

Trinidad va Tobago Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi

Trinidad va Tobago Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi va shu bilan Falastinni tan olgan BMTning 141-davlatiga aylandi.

Falastinni dunyoning 75%i tan oladi, ammo AQSh va uning satellitlari o‘z ozodligi va davlatchiligi uchun kurashib kelayotgan davlatni mustaqil bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Biz Trinidad va Tobago hukumatining Falastin davlatini tan olish to‘g‘risidagi e’lonini olqishlaymiz va buni xalqimizning o‘z yeri va vataniga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlash pozisiyasi deb hisoblaymiz, deyiladi HAMAS bayonotida.

Biz barcha mamlakatlarni xalqimizning o‘z yerlariga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlashga va poytaxti Al-Quds bo‘lgan o‘z mustaqil davlatini yaratishga, ishg‘ol va uning rahbarlarini xalqimizga qilinayotgan genosidni to‘xtatishga chaqiramiz.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy ham yana ikki davlat Barbados va Yamayka Falastinni tan olganini e’lon qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!