Beterbiyev - Bivol jangi qoldirildi

Beterbiyev - Bivol jangi qoldirildi

Rossiyalik jahon chempionlari Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol o‘rtasida kechishi lozim bo‘lgan jang boshqa muddatga qoldirildi.

Bunga Beterbiyevning jarohati sabab bo‘lgan. Mutlaq jahon chempionligi uchun jang 1 iyun kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkazilishi kerak edi.

Beterbiyevning jarohat olgani haqida boks oqshomi tashkilotchisi Turki al Shayh xabar berdi. Chempionlik jangining shu yilning oxirigacha o‘tkazilishi aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!