O‘zbekiston va Italiya “The Samarkand express” sayyohlik poyezdini ishga tushiradi

O‘zbekiston va Italiya “The Samarkand express” sayyohlik poyezdini ishga tushiradi

Boy tarixiy meros va tabiiy go‘zallikka ega bo‘lgan O‘zbekiston o‘tgan yili Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT jahon turizm tashkiloti bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasi doirasida «The Samarkand express» sayyohlik poezdi ishga tushirilishi tufayli turizm salohiyatini rivojlantirishda muhim qadam tashladi.

Samarqand ekspressining ishga tushirilishi O‘zbekistonda turizm uchun yangi imkoniyatlar ochadi va noyob bilim tajribasini izlayotgan xorijiy sayohatchilarni jalb qiladi. Poezd nafaqat transport vositasi, balki yo‘lovchilarga qadimiy va zamonaviy O‘zbekiston tarixi, an’analari va turmush tarzi bilan tanishish imkoniyatini beruvchi madaniy almashinuv platformasi bo‘ladi. Bundan tashqari, loyiha turizmda, kichik va yirik biznesda tegishli sohalarda yangi ish o‘rinlari yaratish orqali mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda. Ushbu loyiha turizmni rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning muhimligini ham ta’kidlaydi, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishga, butun dunyodan VIP sayyohlar e’tiborini jalb qilishga va uning Markaziy Osiyodagi eng qiziqarli turizm yo‘nalishlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

«The Samarkand express» – yo‘lovchilarga mislsiz qulayliklar va unutilmas sayohat tajribasini taqdim etadigan hashamatli poezddir. Yo‘lovchilar keng va nafis kupelar, gurme taomlari, birinchi darajali xizmat ko‘rsatish va O‘zbekistonning go‘zal landshaftlarining hayratlanarli manzaralarini taqdim etuvchi panoramali oynalardan foydalanishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!