Investisiya banklari Xitoyda xodimlarni qisqartirmoqda

Investisiya banklari Xitoyda xodimlarni qisqartirmoqda

G‘arbning yetakchi banklarining 7 ta Xitoy sarmoyaviy bo‘linmasidan 5 tasi o‘tgan yili Xitoydagi xodimlari sonini qisqartirdi, deb yozadi Financial Times.

Ushbu tuzilmalarda jami xodimlar soni 1781 kishini tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga kam. Qisqartirishlar Xitoydagi investisiya operasiyalari natijasida banklar ko‘radigan foyda yoki hatto yo‘qotishlarning kamayishi fonida amalga oshirilmoqda.

Banklar 2018 yildan beri Xitoyda o‘z xodimlari sonini doimiy ravishda oshirib bordi. FT bilan suhbatlashgan tahlilchilarning fikricha, xodimlarning qayd etilgan qisqarishi pandemiya tugaganidan keyin Xitoy iqtisodiyotining sekin tiklanishi, shuningdek, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi ziddiyatning kuchayishi bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!