Hatto qo‘y tushunyapti, ammo siz tushunmayapsiz?!

Hatto qo‘y tushunyapti, ammo siz tushunmayapsiz?!

Bir kuni hazrati Iso alayhissalom bir qo‘yning qulog‘iga egilib, pichirlab nimadir aytadilar. Kunlar o‘tishi bilan haligi qo‘y ozib, madorsizlanib, zaiflasha boshlabdi. Buni kuzatib yurgan odamlar hayron bo‘lib, Payg‘ambarning oldiga kelib:

– Hazrat, siz bu qo‘yning qulog‘iga nima degandingiz, u butunlay xarob bo‘lib ketyapti? – deb so‘rabdilar. Shunda Iso alayhissalom:

– Har kuni sizlarga aytadiganimni bir martagina unga ham aytib ko‘rdim, – deb javob beribdilar. Bu javobdan yanada taajjubga tushgan olamon:

– Nima dedingiz, ey Allohning elchisi? – deb qiziqib yana so‘rabdilar.

– O‘lasan...! O‘lim haq...! deb aytdim xolos. U buni tushundi, lekin sizlar hali ham tushunmayapsizlar, – deb javob beribdilar.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!