Germaniyada masjidlar ochildi, lekin juma namozi o‘qilmaydi

Germaniyada masjidlar ochildi, lekin juma namozi o‘qilmaydi

Germaniyada koronavirus tarqalishi munosabati bilan yopilgan ibodatxonalar bosqichma-bosqich ochila boshladi, deya xabar bermoqda Deutsche Welle.   

Ikki oydan keyin masjidlar ham ochildi. Namozxonlar gigiyena va ijtimoiy masofa qoidasiga rioya qilishlari zarur. Hozircha faqat bomdod, peshin va asr namozlarini jamoat bo‘lib ado etishga ruxsat etildi. Shom, xufton va juma namozlari uchun cheklov davom etadi.

Bugun bomdod namoziga kelganlar masjidlarga qo‘llarini antiseptik vosita bilan tozalagan va yuzlariga himoya niqobi taqqan holda kirishdi. Joynamozlarini ham o‘zlari bilan birga olib kelishdi, saflar orasiga 2 metrlik masofa qo‘yildi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!