Germaniyada cherkovlarning jamoatlari tobora kamayyapti

Germaniyada cherkovlarning jamoatlari tobora kamayyapti

Germaniyada 2017 yilda protestant va katolik cherkovlarining jamoatlari jami 44,8 millionga teng edi, 2018 yilda esa bu raqam qariyb 660 mingga qamayib, 44,14 millionga tushib qoldi. Bu haqda DW xabar bermoqda.

O‘tgan yili katolik cherkovidan 216 078 kishi, protestant cherkovidan esa 220 ming kishi chiqqan. Germaniyada katolik cherkovining jamoati 23 millionga, protestant cherkovining jamoati esa 21,14 millionga teng.  

Katolik cherkovi o‘tkazgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, nemislarning cherkovdan uzoqlashishiga cherkov solig‘i to‘lash majburiyati, cherkovning zamonga nomuvofiq xatti-harakatlari, begonalashuv, e’tiqod bilan bog‘liq shubhalar, hafsalani pir qiluvchi salbiy voqealar va mojarolar singari omillar asosiy rol o‘ynamoqda.

2017 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya aholisining 37 foizi o‘zini dinsiz deb hisoblaydi. Aholining 18 foizi katoliklardan, 26 foizi protestantlardan va 5 foizi musulmonlardan iborat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!