Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda

Futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda

Yurtimiz sport tarixidagi muhim musobaqa — futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatiga qisqa muddat qolmoqda. Mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgalik jarayoni ayni kunga kelib qizg‘in pallaga kirdi.

Kecha Andijon shahriga FIFA va O‘FAning xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhi tashrif buyurdi. Ma’lumki, Andijon shahridagi «Universal» sport majmuasi Futzal bo‘yicha Jahon chempionatining guruh bosqichida Ispaniya, Qozog‘iston, Liviya va Yangi Zelandiya singari nomdor jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarni, shuningdek, play-off o‘yinlarini o‘zida qabul qiladi.

Andijon viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shuhrat Abdurahmonov, shuningdek, FIFA va O‘FA ishchi guruhi tomonidan mundial davomida «Universal» sport majmuasida xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlash bo‘yicha zarur masalalar muhokama qilindi.

OAV, muxlislar va tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish yuzasidan keyingi rejalar belgilandi. Ishtirokchi jamoalar joylashadigan mehmonxonalar o‘rganilib, zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, inspeksiya davomida Andijon mezbonlik qiladigan FIFA Jahon chempionatini o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha navbatdagi ishlar muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!