FHDYo arxiv hujjatlarini qo‘lda izlashdan voz kechiladi

FHDYo arxiv hujjatlarini qo‘lda izlashdan voz kechiladi

Davlat xizmatlari agentligi delegasiyasi hujjatlarni raqamlashtirish uchun professional uskunalar ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniya “MICROBOX GmbH”ga tashrif buyurdi.

Ish safarining asosiy maqsadlari ichida — davlat xizmatlari sohasini raqamlashtirish borasidagi ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish, zamonaviy skanerlarni boshqarish uchun o‘quv mashg‘ulotlari, shuningdek, arxiv ma’lumotlarini raqamlashtirish jarayonini tezlashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. Bundan tashqari, mamlakatimizga zamonaviy skanerlash uskunalarini yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan kunidanoq o‘zini innovasion jarayonlarini harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon qildi. Shu bois, Davlat xizmatlari markazlari tizimida yangi — arxivarius lavozimini joriy etish hisobiga FHDYo organlari arxiv hujjatlarini taqdim etish jarayonida ularni qo‘lda izlashdan voz kechish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, 2022 yil 1 yanvarga qadar avtomatlashgan “FHDYo yagona elektron arxivi” tizimini shakllantirish rejalashtirilgan.

“MICROBOX GmbH” tomonidan taqdim etilayotgan professional yechimlar dunyodagi eng yaxshilar qatoriga kiradi. Mutaxassislarning aytishicha, mazkur uskunalar raqamli arxivlarni yaratish bo‘yicha deyarli hamma vazifalarni bajarishi mumkin.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!