Farishtalar ham hayo qilguvchi inson

Farishtalar ham hayo qilguvchi inson

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Imom Muslimdan rivoyat qilinadi: Oisha roziyallohu anhu aytadilar: Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylarida yonboshlab yotgan edilar, boldirlari ochiq edi. Abu Bakr roziyallohu anhu kelib, kirishga izn so‘radi. Unga izn berdilar. U kirganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u bilan o‘sha holda gaplashdilar. Keyin Umar roziyallohu anhu kelib, u ham kirishga izn so‘radi. Unga izn berdilar va u bilan ham o‘sha holatda gaplashdilar. So‘ng Usmon roziyallohu anhu kirishga izn so‘ragan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘tirib, kiyimlarini to‘g‘riladilar. Men: Ey Allohning Rasuli, Abu Bakr kirganida u bilan chiroyli ko‘rishmadingiz, unga e’tibor ham bermadingiz. Keyin Umar kirdi. U bilan ham chiroyli ko‘rishmadingiz, e’tibor ham bermadingiz. Usmon kirganida esa o‘tirib, kiyimlaringizni to‘g‘riladingiz-a? dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Farishtalar hayo qilguvchi odamdan men hayo qilmayinmi? dedilar.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!