Evrokomissiya Telegram’ga qarshi surishtiruv boshlashi mumkin

Evrokomissiya Telegram’ga qarshi surishtiruv boshlashi mumkin

Evropa qadriyatlari va ochiqlik bo‘yicha yevrokomissar Vera Yourovaning aytishicha, messenjer foydalanuvchi soni bo‘yicha ishonchsiz ma’lumotlar taqdim etayotganida gumonlanayotgani surishtiruvga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi Süddeutsche Zeitung.

2 iyun kuni Yevrokomissiya rahbari o‘rinbosari Vera Yourova Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Yevrokomissiya Telegram messenjerining Yevropa Ittifoqidagi foydalanuvchilari sonini tekshirishini aytgan edi. O‘shanda u Telegram’ning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqidan 42 mln foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tganini ta’kidlagan edi.

Vera Yourovaning so‘zlariga ko‘ra, real foydalanuvchilar soni rasman e’lon qilinganidan ko‘proq va Yevrokomissiya «Telegram’ni chuqurroq o‘rganishi»ga to‘g‘ri keladi. Yourovaning eslatishicha, raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, platformalar dezinformasiya tarqatilishi, narkotrafik va kontrabandaga qarshi kurashish uchun majburiyatni o‘z zimmalariga olishlari kerak.

Bungacha Yevropa Ittifoqi Telegram’ni qat’iy tartibga solinmaganini ta’kidlab, messenjerni dezinformasiya tarqatayotganlikda ayblagan edi.

Telegram rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, uning yevropalik foydalanuvchilari soni 45 mlnga yetmasligi sabab u yirik raqamli platformalar uchun qat’iy tartibga solish ostiga tushmaydi.

«Telegram’da dezinformasiya ochiq va mutlaqo nazoratsiz tarqatilmoqda», – degan Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas. Kontentni o‘chirish uchun berilgan talabnomalar ko‘pincha e’tiborsiz qoldiriladi, degan u.

Evropa Ittifoqi yaqinda Yevropa saylovlarida yovuz niyatli insonlarning dezinformasiya tarqatishiga xalaqit berish maqsadida noqonuniy va zararli kontentlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z vakolatlarini kengaytirib oldi.

Biroq, Telegram’ga kelganda bu choralar samarasiz — chindan samarali vositalarni faqat Yevropada 45 mln aktiv foydalanuvchilarga ega platformalarga qo‘llash mumkin. Telegram’da esa, yuqorida qayd etilganidek, rasman 42 mln foydalanuvchi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!