Evro—2024. Niderlandiya Ruminiya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Evro—2024. Niderlandiya Ruminiya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining nimchorak finalida Niderlandiya va Ruminiya terma jamoalari 2 iyul, seshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Kodi Gakpo hisobni ochdi. Bo‘lim niderlandiyaliklarning kichik ustunligida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham Niderlandiya terma jamaosi faollik ko‘rsatdi. 83-daqiqaga kelib, Malen hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

O‘yin oxirida Malen dublni rasmiylashtirdi va Ronald Kuman shogirdlari 3:0 hisobida g‘alaba qozondi

Shu tariqa Niderlandiya chorak finalda Avstriya—Turkiya juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!