Ertaga O‘zbekistonda havo harorati tushib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Ertaga O‘zbekistonda havo harorati tushib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 20 sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-17 daraja iliq, kunduzi 22-24 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ayrim joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!