Eron “Hizbulloh”ni Isroildan har qanday yo‘l bilan himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Eron “Hizbulloh”ni Isroildan har qanday yo‘l bilan himoya qilishga tayyorligini ma’lum qildi

Isroil Livanga qarshi keng ko‘lamli urush boshlagan taqdirda Eron Livan “Hizbulloh”ini barcha vositalar bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Eron oliy rahnamosining maslahatchisi Kamol Xaroziy ma’lum qildi.

Butun Livan xalqi, arab davlatlari va qarshilik ko‘rsatish a’zolari Livanni Isroilga qarshi qo‘llab-quvvatlaydi. Urush butun mintaqaga tarqalib, barcha davlatlar, jumladan Eron ham ishtirok etishi mumkin. Bunday vaziyatda “Hizbulloh”ni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan boshqa ilojimiz qolmagan bo‘lardi, — dedi Kamol Xaroziy Financial Times gazetasiga bergan intervyusida.

Biroq u urushni kengaytirish Eron manfaatlariga to‘g‘ri kelmasligini qo‘shimcha qilgan.

18 iyun kuni Isroil mudofaa kuchlari Livan “Hizbulloh”ining davom etayotgan hujumlari tufayli Livanga hujum qilish uchun jangovar rejani tasdiqlaganini e’lon qilgandi. Shundan so‘ng rasmiylar Isroil shimolidagi hududlarga hujumlarni to‘xtatuvchi qaror qabul qilishga va’da bergan.

Shuningdek, “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh G‘azodagi urush falastinliklar foydasiga yakunlanmasa, Isroil bilan keng ko‘lamli harbiy harakatlarga ruxsat bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!