Er uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 23 ming 695 ta holat aniqlandi

Er uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 23 ming 695 ta holat aniqlandi

Kadastr agentligining ma’lum qilishicha, joriy yilning ikkinchi choragi davomida Agentlik tomonidan respublika bo‘yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallash bilan bog‘liq 23 ming 695 ta (3 756,5 gektar) holat aniqlandi.

Aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar ko‘rish maqsadida Agentlik organlari tomonidan huquqbuzarlarga berilgan yozma ko‘rsatmalar natijasida 12 ming 734 tasi (1 384,6 ga) ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish yuzasidan 8 ming 562 ta (2 044,8 ga) holatda sudlarga da’vo arizalari kiritilib, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan 1 ming 46 ta (217,9 ga) ish hujjatlari prokuratura organlariga yuborilishi ta’minlandi.

905 ta holatda yerlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanib, ushbu yerlarga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish yuzasidan hokimliklarga 892 ta taqdimnoma hamda sudlarga 13 ta da’vo arizalari kiritildi.

Shuningdek, yerga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida ommaviy va ijtimoiy tarmoqlar orqali 2 ming 744 marotaba profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!