Elektromobillar narxi tushadimi?

Elektromobillar narxi tushadimi?

Ushbu savolga “BYD Uzbekistan Factory” bosh direktori Shafqatbek Alimov javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYD'lar chet eldan olib kelinayotgan mahsulotlardan arzon bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, BYD'ning E2, Seagull va Yuan kabi ommabop modellar ishlab chiqarish rejalari ham bor.

Shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan modellar eksport qilinganida, o‘sha bozorlarga Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar olib kelinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekistonda BYD'ning Xitoydan tashqaridagi ilk zavodi ochildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!