AXAL harbiy rahbariyati G‘azo sektorida, hatto HAMAS hozircha hokimiyatda qolsa ham, o‘t ochishni to‘xtatishni istaydi — The New York Times

AXAL harbiy rahbariyati G‘azo sektorida, hatto HAMAS hozircha hokimiyatda qolsa ham, o‘t ochishni to‘xtatishni istaydi — The New York Times

Nashr bu haqda mamlakatning amaldagi va sobiq xavfsizlik amaldorlariga tayanib yozmoqda.

Gazeta suhbatdoshlariga ko‘ra, generallarning fikricha, sulh G‘azoda HAMAS qo‘l ostidagi tirik va o‘lik 120 nafar garovga olinganlarni ozod qilishning eng yaxshi yo‘li bo‘ladi.

Harbiylar, shuningdek, Isroil qurolli kuchlariga oktyabr oyidan buyon Isroil bilan astalik bilan kurashib kelayotgan Livanning “Hizbulloh” guruhi bilan to‘qnash kelgan taqdirda, tiklanish uchun vaqt kerak, Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan bilan chegaraga qo‘shinlar o‘tkazilishini istisno etmagan edi.

NYT manbalariga ko‘ra, HAMAS bilan sulh “Hizbulloh” bilan kelishuvga erishishni osonlashtirishi mumkin, guruh G‘azo sektoridagi janglar to‘xtamaguncha Isroil hududiga hujum qilishda davom etishini ma’lum qilgan. G‘azoda urush boshlanganidan deyarli to‘qqiz oy o‘tib, Isroilda o‘q-dorilar, motivasiya va hatto askarlar yetishmayapti. Isroil armiyasida snaryadlar va harbiy texnika uchun ehtiyot qismlar taqchilligini nashrga besh nafar amaldor va zobit tasdiqladi. Gazetaning qayd etishicha, G‘azodagi urush so‘nggi 40 yil ichida Isroil ishtirokidagi eng shiddatli mojaroga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!