Ehtiyot bo‘ling! Qarishni tezlashtiruvchi omillar
Yosh o‘tgan sari ayollarda bir savol paydo bo‘ladi. Qanday yosh ko‘rinish mumkin? To‘g‘ri, bunga yillar o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Ammo yuzni to‘g‘ri parvarishlash, ko‘proq e’tibor berish, zararli odatlardan voz kechish yuzdagi qarish jarayonini sekinlashtirishi mumkin.
Yuzni tozalash
Yuz terisini tozalash, ya’ni terining o‘lik parchalaridan xalos bo‘lish — bu yaxshi, albatta. Biroq bunday muolajani haftasiga ikki martadan ortiq qilish mumkin emas. Aks holda, u epidermis qatlamidagi hujayralarga zarar yetkazib, terini shamollashga moyil qilib qo‘yadi va shu yo‘sinda teri qurishini keltirib chiqaradi.
Quyosh nuri
Ko‘pchilik ayollar quyosh nurlaridan saqlovchi kremlardan faqat quyoshda toblanish vaqtida foydalanishadi. Aslida bunday vositalardan nafaqat quyoshda, balki issiq ob-havoda, ko‘chaga chiqishdan oldin surtish ijobiy natija beradi.
Vitaminsiz oziqa
Noto‘g‘ri ovqatlanish tashqi ko‘rinishgagina salbiy ta’sir ko‘rsatib qolmay, balki teri holatini ham yomonlashtiradi. Shuning uchun mutaxassislar meva va sabzavotlarni har to‘rt soatda yeb turishni maslahat berishadi. Tamaddi paytida qovurilgan kartoshka o‘rniga olma iste’mol qilsangiz tez hazm bo‘lib, oshqozonni zo‘riqtirmaydi.
Uyqu
Uyqu kishi salomatligi va go‘zalligini ta’minlovchi omillardan biridir. Uning to‘laqonli, ya’ni 8 soatli bo‘lishi esa yanada yaxshi. Aks holda, ko‘z tagidagi ko‘k dog‘lar, yuz rangining xiralashishi, charchoq kabi oqibatlar ertami-kech barvaqt qarishga olib keladi.
Kam suv ichish
Kuniga kamida 8 stakan suv ichish kerakligi haqida ko‘p va ho‘p gapirilgan. Darhaqiqat, toza suv — go‘zallikning eng oddiy sirlaridan biridir.