Dunyoda ichimlik suvi tanqisligi va antisanitariya holati tufayli yiliga 1,4 million kishi vafot etmoqda

Dunyoda ichimlik suvi tanqisligi va antisanitariya holati tufayli yiliga 1,4 million kishi vafot etmoqda

JSST va YUNISEF tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 2 milliard odamning toza ichimlik suvi, 3,6 milliard kishining sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyati cheklangan. Shu ikki omil yiliga 1,4 millionga yaqin insonning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

🚰 Hatto millionlab bolalar va kattalar sovun kabi oddiy gigiyena vositasidan foydalanish ko‘nikmasiga ega emas. Qator sog‘liqni saqlash muassasalarida suv, dezinfeksiya vositalari va spirtli eritmalar yo‘q.

📌 Qolaversa, mutaxassislar kanalizasiya tarmoqlari yetishmasligi halokatli oqibatlarga sabab bo‘lishidan ogohlantirmoqda.

‼️Shu bois qo‘shma hisobotda hukumatlarga suv va kanalizasiya uchun davlat xarajatlarini oshirish hamda bu sohada innovasion yechimlarni joriy etish tavsiya etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!