Dublinda Islom olamining dastlaki bosma kitobi namoyish etiladi

Dublinda Islom olamining dastlaki bosma kitobi namoyish etiladi

Irlandiya Respublikasi poytaxti bo‘lgan Dublin shahrida Usmoniylar imperiyasi davrida birinchilardan bo‘lib bosib chiqarilgan Kitab-i Jihannuma nomli asar ko‘rgazmaga qo‘yiladi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar berdi.

Ushbu kitob Turk madaniyati fondi tashabbusi bilan qayta tiklangan va hozirda Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida ko‘rgazma uchun qo‘yilgan.

Chester Bitti kutubxonasi ko‘rgazmasida 600 dan ortiq Osiyo, Islom va Afrika tamaddunlariga tegishli asarlar saqlanayotgani ma’lum qilingan.

Kitab-i Jihannuma asarining muallifi Kotib Chalabiy bo‘lib, geograf va tarixchi olim hisoblangan. Kitob 1648 yilda yozila boshlangan va 1654 yilda asarga o‘zgartirishlar kiritilgan. 1732 yilda kitob bosma usulida chop etilgan.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!