Donorlar Jo Baydenga tahdid qilmoqda

Donorlar Jo Baydenga tahdid qilmoqda

AQSh Demokratik partiyasining ba’zi donorlari amaldagi prezident Jo Baydenni saylovoldi poygasidan chiqishga chaqirishdi, aks holda homiylikni to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda, deya xabar beradi The Daily Mail.

"O‘z manfaati va mamlakat manfaati uchun u [Bayden] zudlik bilan [poygadan] voz kechishi kerak. [Raqibi Donald Tramp bilan bahsdan beri] uch kun o‘tgani va Bayden bizni ishontirish uchun hech narsa qilmagani havotirlarimiz o‘rinli ekanini tasdiqlaydi", — deya ta’kidladi gazetaga demokratlar tarafdori va partiyaga 300 ming dollar xayriya qilgan sobiq fond menejeri Uitni Tilson.

Gazeta demokratlarning qancha badavlat tarafdorlari bunday chaqiriqlar qilgani haqida ma’lumot bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!