Donald Tramp prezidentlikka qaytsa, AQShni NATOdan chiqarishi dargumon, biroq alyansda “jiddiy o‘zgarishlarni” amalga oshiradi — Politico

Donald Tramp prezidentlikka qaytsa, AQShni NATOdan chiqarishi dargumon, biroq alyansda “jiddiy o‘zgarishlarni” amalga oshiradi — Politico

Gazeta bu haqda Trampning maslahatchilarga tayanib yozmoqda.

"Qo‘shma Shtatlar Yevropa uchun “asosiy harbiy ta’minotchi” bo‘lish o‘rniga, “faqat inqiroz paytida yordam beradigan kuch” ga aylanishi mumkin", — deya izoh beradi nashr suhbatdoshi.

Tramp jamoasi AQSh Yevropa yadroviy qurollarini, Germaniya, Buyuk va Turkiyadagi havo kuchlari va bazalarini, shuningdek, dengiz kuchlarini saqlab qolishini rejalashtirmoqda. Biroq, piyoda askarlar, zirhli texnika, logistika va artilleriya vositalari bo‘yicha asosiy mas’uliyat yevropaliklarning zimmasiga yuklatiladi. Shuningdek, NATO Ukraina va Gruziya hisobiga kengayishi masalasi ham to‘xtatib qo‘yilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!