Chiroqchida Sohibqironning qarovsiz haykali bormi?

Chiroqchida Sohibqironning qarovsiz haykali bormi?

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Tarag‘ay qishlog‘ida buyuk bobokalonimiz Amir Temurning qarovsiz haykali bor. Bu haqda "Nasafnews" yozmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, yillar davomida e’tiborsiz qoldirilgan bu haykallar mahalliy aholi tomonidan qisman ta’mirlangan. Ta’mirlash o‘z ishining ustalari tomonidan olib borilmagani tufayli haykallar "qo‘rqinchli" holga keltirilgan.

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mazkur hududda bo‘ldi. Hokim va mas’ullarni haykallar va qadimiy yodgorlikning bugungi holati hayratlantirdi.

"Biz Madaniyat vazirligiga xat bilan chiqamiz. Bu holatga befarq qarab bo‘lmaydi. Bu baland tog‘larga mos haykal kerak", - dedi Zoyir Mirzayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!