Chekish COVID-19 xavfini oshiradi — olimlar

Chekish COVID-19 xavfini oshiradi — olimlar

Angliyalik olimlarning olib borgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, chekuvchi odamlarda koronavirusning rivojlanishi tezroq bo‘ladi va ularning og‘ir ahvolga tushib, kasalxonaga yotqizilish ehtimollari yuqoriroq bo‘ladi. Bu esa chekuvchilarda virus xavfi kamroq bo‘lishi aytilgan oldingi tadqiqot natijalariga zid kelmoqda.

London Qirollik Kolleji tadqiqotchilari 2 milliondan ortiq odamlarning ma’lumotlarini tahlil qilib, koronavirusga chalingan chekuvchilarning kasalxonaga yotqizilish ehtimoli boshqalardan ikki baravar ko‘proqligini, ularda yo‘tal, nafas qisilishi va isitma 14 foizga ko‘proq bo‘lishini aniqladilar.

Ushbu yangi tadqiqot chekuvchilarning virusni yuqtirish ehtimoli kamroq bo‘lishi va ularda unchalik og‘ir bo‘lmagan alomatlar yuzaga kelishi haqidagi oldingi tadqiqotlarga ziddir.

“Bizning natijalarimiz shuni aniq ko‘rsatmoqdaki,chekuvchilarda chekmaydiganlarga qaraganda ko‘proq COVID-19 alomatlari yuzaga keladi” deydi Qirollik Kollejining yetakchi tadqiqotchisi va katta o‘qituvchisi Doktor Mario Falchi.

Avvallari chekuvchilarning koronavirusni yuqtirib olish xavfi kam ekani ta’kidlangandi. Shunga qaramay, Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti chekuvchi odamlarning COVID-19 ga ko‘proq moyil bo‘lishini ma’lum qildi. Qirollik Kolleji tadqiqotlari ushbu ma’lumotni tasdiqlovchi birinchi ilmiy asos bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!