Buxoroda harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmagan shaxs oqlandi

A A A
Buxoroda harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmagan shaxs oqlandi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining 2014 yil 10 iyundagi hukmiga ko‘ra CH.Z. O‘zbekiston Respublikasi JK 210-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan JKning 45-moddasi qo‘llanilib, 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda,10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan qismi 2012 yil 5 dekabr hamda 2013 yil 12 dekabrdagi amnistiya aktlariga asosan uchdan bir qismiga qisqartirilgan.

Sudning hukmiga ko‘ra, CH.Z. 2009 yilning 4 aprel kunidan 2011 yilning 25 yanvar kuniga qadar Buxoro viloyat IIB ishlab kelib, mas’ul mansabdor shaxs bo‘lgani holda, 2009 yilning oktyabr oyida “Gazlineftgazqazibchiqarish” unitar sho‘’ba korxonasiga qarashli neft konlaridan doimiy ravishda neft mahsulotlarini o‘g‘irlab sotish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan, Romitan tumanida yashovchi, fuqaro S.A., N.H. hamda ularning tergovda shaxsi aniqlanmagan jinoiy sherigi “Madiyor”larning Xorazm viloyatidan noqonuniy yo‘llar bilan dizel yoqilg‘isi olib kelayotganligi holatini aniqlab, ushbu holatni moddiy manfaatdorlik evaziga rasmiylashtirmaslik va qonuniy chora ko‘rilishini ta’minlamaslik xususida viloyat IIB YHXB 2-safarbarlik guruhi komandiri H.Q. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 2009 yil oktyabr oyida Buxoro viloyati IIBning ma’muriy binosidagi xizmat xonasida pora olish-berishdagi vositachi fuqaro A.O. orqali 3.000 AQSh dollarini pora tariqasida olganlikda;

Shuningdek, 2009 yil dekabr oyida viloyat IIB alohida yo‘l-patrul xizmati 2-safarbarlik guruhi komandiri lavozimiga tayinlangan H.Q. dan uning nomzodini shu lavozimga tavsiya etib, qo‘llab-quvvatlagani evaziga undan moddiy manfaatdorlik ko‘rsatishini talab qilib, bunga erishib, o‘z xizmat xonasida undan 10.000 AQSh dollarini pora tariqasida olganlikda;

Xuddi shuningdek, 2010 yil taxminan iyun-iyul oylarida o‘z qo‘l ostidagi, viloyat IIB alohida yo‘l-patrul xizmati ikkinchi safarbarlik guruhi komandiri lavozimida ishlovchi H.Q.ni xizmat xonasiga chaqirib, “Epika” rusumli avtomashina sotib olganligi bois uning faoliyati to‘g‘risida turli salbiy fikrlar paydo bo‘lishi, bu uchun u kamida ishdan ketishi mumkinligini tushuntirib, rahbar sifatida uning faoliyatini har tomonlama muhofaza qilishni va’da berib, evaziga moddiy manfaatdorlik ko‘rsatishini talab qilib, o‘z xizmat xonasida undan 10.000 AQSh dollarini takroran pora tariqasida olganlikda aybli deb topilgan.

Kassasiya shikoyatida, CH.Z.ning aybsizligi va harakatida jinoyat tarkibi yo‘qligi haqida vajlar keltirilib, sud hukmini bekor qilib, CH.Z.ni oqlash xususida ajrim chiqarish so‘ralgan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 22-moddasi talablariga ko‘ra, sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek, u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlashi, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqishi, ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan holatlarni aniqlashi va hisobga olishi lozim.

Ushbu kodeksning 463-moddasi 1-qismiga muvofiq, ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi, ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan holatlarni tekshirish, ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kam-ko‘stni to‘ldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yig‘ilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud hukmi to‘g‘risida”gi 2014 yil 23 maydagi 7-sonli Qarorining 4-bandiga muvofiq, ish bo‘yicha hukm ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kamchiliklar to‘ldirilgandan keyingina chiqarilishi mumkinligi, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib chiqilishi kerakligi, sudlanuvchini jinoyatni sodir qilganligini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan har bir dalil, JPKning 95-moddasiga muvofiq ishga aloqadorligi, maqbulligi va ishonchliligi nuqtai nazaridan baholanishi lozimligi;

dalillar maqbulligi nuqtai nazaridan baholanishida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004 yil 24 sentyabrdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat-prosessual qonuni normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan tushuntirishlarga amal qilinishi lozimligi;

dalillarni baholash jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo‘lgan mavjud holatlar haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki shubha ostiga oluvchi faktlar yoki narsalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirgan taqdirdagina ishga aloqador deb e’tirof etilishi;

tekshiruv natijasida haqiqatga muvofiq ekanligi aniqlangan dalillar ishonchli deb hisoblanishi, sudlanuvchining aybdorligi (aybsizligi) to‘g‘risidagi sudning xulosalariga zid bo‘lgan dalillar hukmda nafaqat ko‘rsatilishi balki, sud tomonidan nima uchun ular ishonchsiz deb topilganligi va rad etilganligi sabablari asoslantirilgan bo‘lishi lozimligi;

hukmda sudlanuvchining jinoiy harakatlarini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan dalillarga asoslanganda, sud ularning mazmunini yoritishi va tegishli baho berishi lozimligi;

5-bandida, “Sudlarning e’tibori, JPKning 22-moddasiga binoan ish bo‘yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat qonunda nazarda tutilgan tartibda to‘plangan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mumkinligiga qaratilishi;

sudlar hukm JPKning 26,90 va 455-moddalari talabiga binoan faqat sud majlisida tekshirilgan va sud majlisi bayonnomasida o‘z aksini topgan dalillarga asoslangan bo‘lishi lozimligini e’tiborga olishlari kerakligi”gi haqida tushuntirishlar berilgan.

Biroq sud, sudlangan CH.Z. ga nisbatan ayblov hukmi chiqarishda qayd etilgan qonun talablari va Oliy sud Plenumining rahbariy tushuntirishlariga rioya qilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 3-qismi “b” bandida (2001 tahririda), mas’ul mansabdor shaxs tomonidan pora olganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Mazkur jinoyatning ob’ekti davlat hokimiyati, boshqaruv va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari hisoblanib, ob’ektiv tomondan pora olish mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy naf ko‘rishida ifodalanadi.

Sud, sudlangan CH.Z.ni uchta ayb epizodlari bo‘yicha pora olganlikda aybli deb topar ekan, hukmda u pora beruvchilarning manfaati uchun qaysi harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik evaziga pora olganligini va bu aynan qanday dalillar bilan isbotlanganligini yoritib bermagan.

Sudlov hay’ati, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha pora predmeti bo‘lmagani va aniqlanib olinmagani, CH.Z.ning pora olganligi ish holatlari bilan tasdiqlanmagani sababli, tergov organi va birinchi bosqich sudi tomonidan guvoh sifatida so‘roq qilingan H.Q., A.S. va boshqalarning, sudlangan CH.Z.ga pora bergani haqidagi ko‘rsatuvilarini ishonchga sazovor emas deb hisoblaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Oliy sudi raisi, Milliy xavfsizik xizmati raisi, Ichki ishlar vaziri tomonidan 2014 yil 23 iyunda imzolangan “Poraxo‘rlik jinoyatlari haqidagi ariza va xabarlarni ko‘rib chiqish, bu toifadagi jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rishda qonun talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma ko‘rsatmaning 8.1-bandida, arizachining ko‘rsatmasi, shaxsning aybiga iqrorlik ko‘rsatmalari bilan tasdiqlangan holatlar ham boshqa ob’ektiv dalillar aniqlanmagan taqdirda ayblash uchun yetarli asos bo‘la olmasligi inobatga olinishi;

8.2-bandida, shaxsga ayb e’lon qilishga faqat ob’ektiv dalillar majmuigina asos bo‘lishi mumkinligi, bunda, dalillar doirasini pora beruvchi va u bilan bog‘liq shaxslarning ko‘rsatmalari hamda aybiga iqrorlik ko‘rsatmalar bilan chegaralab qo‘ymasdan, shaxsni ayblash uchun pora predmetining olinishi, qonunlar bilan belgilangan tartibda pochta-telegraf va elektron jo‘natmalari, audio yoki videoyozuvlar, telefon yoki boshqa moslamalar orqali amalga oshirilgan so‘zlashuvlar aniqlanishi kabi aniq mezonlar bilan asoslantirish shartligi (jinoyat ustida ushlash holatlari bundan mustasno);

8.3-bandida, arzning yoki aybiga iqrorlik ko‘rsatmalarining haqqoniyligi, ixtiyoriyligi, har qanday tazyiqlardan xoliligi sinchkovlik bilan tekshirilishi hamda aybiga iqrorlik ko‘rsatmalari, ob’ektiv dalillarsiz, shaxsning aybini isbotlovchi “ustun” dalil sifatida e’tirof etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerakligi qayd etilgan.

JPKning 112-moddasiga ko‘ra, gumon qilinuvchining u sodir etgan jinoyat haqidagi ko‘rsatuvlari va ayblanuvchining o‘z aybiga iqror bo‘lishi, bu iqror bo‘lish mavjud dalillar majmui bilan tasdiqlangan taqdirdagina, uni ayblash uchun asos qilib olinishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi JPKning 23-moddasiga ko‘ra, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasiga muvofiq, qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmagan shaxs aybsiz deb topilishi lozim.

Qayd etilganlarga asosan, sudlov hay’ati 2019 yil may oyining 22 kunidagi ajrimi bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining 2014 yil 10 iyundagi Z.CH.ga oid hukmi bekor qilinib, uning xarakatida O‘zbekiston Respublikasi JK 210-moddasi 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli, O‘zbekiston Respublikasi JPK 83-moddasining 2-bandiga asosan oqlangan.

 

A. Shaydoyev,

KSH-№ 4-04/54-19-sonli ajrimi

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro viloyat sudi raisining

o‘rinbosari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

"Manchester Siti"ning O‘zbekistondagi hamkori ma’lum bo‘ldi

Англиянинг "Манчестер Сити" клуби Ўзбекистоннинг "Artel" компанияси билан ҳамкорлик қилади.

«Busiz iloji yo‘q»: Zelenskiy Ukraina Rossiya aktivlarisiz yashay olmasligini aytdi

Киев режими раҳбари Владимир Зеленский Украина мусодара қилинган Россия активларисиз яшай олмаслигини айтди, деб ёзади Sky News.

Moskva viloyatidagi maktabda millatchi o‘smirning pichoq bilan qilgan hujumi oqibatida o‘quvchilardan biri o‘ldirildi — “TASS”

Москва вилоятидаги Горки-2 аҳоли пунктида жойлашган мактабнинг тўққизинчи синф ўқувчиси қўриқчини пичоқлаб, сўнгра ўн ёшли тўртинчи синф ўқувчисига ҳужум қилди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.