Buxoroda bir maktabning ikki o‘quvchisi g‘oyib bo‘ldi (foto)

Buxoroda bir maktabning ikki o‘quvchisi g‘oyib bo‘ldi (foto)

Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tug‘ilgan Tillayev Sardorbek Sohib o‘g‘li va Shodmonova Setora Sohib qizi 2019 yil 7 may kuni soat 10:00larda o‘zi tahsil olib kelayotgan 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabdan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Tillayev Sardorbek Sohib o‘g‘li 2004 yil 14 fevral kuni Vobkent tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta. Vobkent tuman Ko‘lxatib MFY, Ko‘lxatib-1 qishlog‘ida yashaydi. Tumandagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-sinfda tahsil oladi.

Shodmonova Setora Sohib qizi 2001 yil, 4 fevralda Vobkent tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, turmushga chiqmagan. Vobkent tuman Ko‘lxatib MFY, Ko‘lxatib qishlog‘ida yashaydi. Tumandagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 11-sinfda tahsil oladi.

Qayd etilishicha, bu ikki o‘quvchining bir-biriga qarindoshchiligi yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular maktabdan birga chiqib ketishgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ular viloyatning boshqa tumanlaridagi fermerlardan ish so‘rab, o‘zlarini opa-uka deb tanishtirgan.

Ular bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lganlar (0365) 770-02-75, 332-12-02, +99897 303-94-97 telefon raqamlari orqali yoki yaqin hududdagi ichki ishlar bo‘limiga xabar berishi so‘raladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!