Bugun Toshkentning ayrim hududlarida vaqtincha "svet" o‘chishi ma’lum qilindi

Bugun Toshkentning ayrim hududlarida vaqtincha "svet" o‘chishi ma’lum qilindi

Iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 25 aprel kuni qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda elektr vaqtincha bo‘lmaydi:

Olmazor tumani: "Miskin", "Achaobod", "Xoncharbog‘" hamda "Guruchariq" MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;

Chilonzor tumani: "Qatortol" MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tilgan.

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!