Bolalar “Golos”i g‘olibi ikki yildan buyon va’da qilingan kvartirani ololmayapti

Bolalar “Golos”i g‘olibi ikki yildan buyon va’da qilingan kvartirani ololmayapti

16 yoshli Danil Plujnikov ikki yil oldin jiddiy kasalligiga qaramay "Golos" shousi uchinchi mavsumining g‘olibi bo‘lgandi. Bola tomoshabinlarni va murabbiylarni maftun etgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgacha yosh qo‘shiqchi unga va’da qilingan barcha sovg‘alarni olmagan. Shunday qilib, u hali unga va’da qilingan Sochidagi ikki xonali uyiga ega emas. "Komsomolskaya pravda" muxbiriga bergan intervyusida bolaning onasi Irina Afanasev tasodifan bu mavzuga to‘xtaldi: "Mening o‘g‘limda kvartiraning na kaliti va na hujjati bor”.

Ma’lum bo‘lishicha, ikki yil avval uy qurilishi boshlangan. Hokimiyat kvartirani homiy va uning ota-onasiga ko‘rsatgan, ammo ularga hujjatlarni topshirmaganlar.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!