Bishkekda favqulodda holat bekor qilindi

Bishkekda favqulodda holat bekor qilindi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda favqulodda holat bekor qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Ma’lum qilinishicha, respublika parlamenti deputatlari bir ovozdan iste’foga chiqqan prezident Sooronbay Jeenbekov tomonidan ommaviy noroziliklar fonida joriy qilingan favqulodda holatni bekor qilishga ovoz bergan.

Eslatib o‘tamiz, 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng respublikada ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuv va tartibsizliklar natijasida 1200 dan ortiq odam jarohat oldi.

Namoyishlar orasida to‘rt mintaqa rahbarlari, mamlakat bosh vaziri, Bishkek meri va boshqa bir qator rasmiylar o‘z lavozimlarini tark etishdi.

9 oktyabr kuni Jeenbekov Bishkekda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Respublika parlamenti farmonni ma’qullamadi. 12 oktyabr kuni davlat rahbari poytaxtda favqulodda holat joriy etilganligini qayta e’lon qildi.

15 oktyabr kuni Jeenbekov iste’foga chiqdi. Mamlakat parlamenti ushbu masalani juma kuni ko‘rib chiqishi kerak.

Ayni paytda, Bosh vazir Sadir Japarov, davlat rahbarining vakolatlari unga to‘liq berilganligini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!