Baydenning oilasi uni prezidentlik uchun kurashni davom ettirishga chaqirdi

 Baydenning oilasi uni prezidentlik uchun kurashni davom ettirishga chaqirdi

Yaqinda Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan teledebatdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokiga qaramay, 81 yoshli AQSh prezidentining qarindoshlari Vashington yaqinidagi Kemp-Devid qarorgohida bo‘lib o‘tgan oilaviy uchrashuv chog‘ida uni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashlariga ishontirishdi, deya xabar berdi CNN ikki manbaga tayanib.

AQShning bir nechta ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Baydenning oila a’zolari debatdagi muvaffaqiyatsizlikda uning maslahatchilarining hissasi katta ekanini ta’kidlashgan. Aytishlaricha, aynan jamoaning yomon tayyorgarligi sabab Bayden, Trampni faolroq tanqid qilishga tayyor bo‘lmagan va ikkinchi prezidentlik muddati haqidagi tasavvurlarini bildirish o‘rniga himoyaviy pozisiyada bo‘lishga e’tibor qaratgan.

Avvalroq, Bayden oilasi uning o‘z nomzodini qaytarib olishga va boshqa demokrat nomzod foydasiga prezidentlik poygasini tark etishga ko‘ndirishga urinishi mumkinligi xabar qilingan edi.

Bayden 1 iyul kuni Oq uyga qaytadi. Boshqa tadbirlar qatorida u Demokratik partiya donorlari bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!