Aziza Umarova: “Ish joylarida chiroqlarni, kompyuterlarni o‘chirishmoqda..."

Aziza Umarova: “Ish joylarida chiroqlarni, kompyuterlarni o‘chirishmoqda..."

Mana bir oydirki, davlat xizmatchilarini 18.00-19.00 da uylariga jo‘natishni boshlashdi..

Shuningdek, Davlat xizmatchilari imkon darajasida dam olish kunlarida ham hordiq chiqarishmoqda.

Bu bilan ma’lum darajada Mehnat tartibi qoidalariga rioya qilinishi nazorat qilinmoqda va bu juda quvonarli! Chunki, ularning uylarida suyukli bolalari  va mehribon yaqinlari intizor bo‘lib kutadi.

Bir necha yil avval, Serbiyaning Belgrad shahrida  Iqtisodiyot Vazirligi bilan uchrashuv bo‘lgan edi va to‘satdan 16.00 da barcha uyiga ketishga hozirlik ko‘ra boshladi. Serblar ish vaqtini 8.00 da boshlaydi va erta yakunlaydi.

Men o‘shanda, bunday ish jadvalidan hayratlangandim (biznikilar yarim tungacha o‘tirishardi)... o‘shanda mening hayratlanishimga shunday javob berishgan edi: ‘’Fuqarolik urushi, bizga o‘z yaqinlarini va vaqtni qadrlashni o‘rgatgan’’. Mana shunda katta  bir sinoat mujassam deb o‘ylayman.

Oila - bu muqaddas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!