AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

AQShning O‘zbekistondagi yangi elchisi kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Uzoq yillar davomida AQShning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatida muhim rol o‘ynab kelgan Daniyel Rozenblum yaqin orada Toshkentda yangi elchi sifatida ish boshlaydi. 23-avgust kuni u AQSh Senati qoshida so‘zlab, o‘z maqsadlarini tushuntirgan edi. 18-sentyabr kuni Senat tasdig‘idan o‘tdi.

«Butunlay suveren O‘zbekiston kim bilan qanday hamkorlik qilishni erkin tanlay olishi Amerika manfaatlari uchun xizmat qiladi», - dedi Rozenblum qonunchilar oldida so‘zlar ekan.

Uning fikricha, erkinlik va qonun ustuvorligi O‘zbekistonni yorqin kelajak tomon yetaklovchi eng muhim omillardir.

Respublikada Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida keng qamrovli islohotlar boshlangan. Ularning ijobiy natijalar berishi uchun AQSh o‘z hissasini qo‘shishi, O‘zbekiston xalqini yaqindan quvvatlashi kerak, dedi arbob.

«Elchilikka tayinlansam, AQSh Senatining Tashqi aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi bilan ishlab, AQSh manfaatlarini targ‘ib qilaman», - dedi Rozenblum.

Manba: sof.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!