AQShda otishma: 5 kishi o‘ldirildi, homilador ayol ham

AQShda otishma: 5 kishi o‘ldirildi, homilador ayol ham

AQShning Indiana shtatida sodir bo‘lgan otishmada 5 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Telekanalning xabar berishicha, polisiya o‘qning birinchi qurbonini mahalliy vaqt bilan soat 4.00 da (Toshkent vaqti bilan soat 14.00) shaharning shimoli-sharqiy qismida topdi. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, keyinchalik birinchi jinoyat sodir bo‘lgan joy yaqinida joylashgan uyda boshqa qurbonlarning jasadlari topilgan. Ular orasida homilador ayol ham bor edi. U kasalxonaga yetkazilgan, ammo shifokorlar uni ham, bolani ham saqlab qola olishmadi.

Shahar meri Jo Xogsettning aytishicha, jinoyat ommaviy qotillik xususiyatiga ega. Unga ko‘ra, otishma shaharga "dahshat" olib keldi.

O‘z navbatida, polisiya boshlig‘i Randal Teylor qurbonlar o‘rtasida bog‘liqlik borligini ta’kidladi. Uning aytishicha, voqea tasodif emas. Hujum qurbonlarining ism-shariflari oshkor qilinmadi, sabab ham noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Polisiya aybdorning shaxsini aniqlay olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!