AQSh KXDRning Ispaniyadagi elchixonasiga qilingan hujumga aloqadorligini inkor etdi

AQSh KXDRning Ispaniyadagi elchixonasiga qilingan hujumga aloqadorligini inkor etdi

AQSh KXDRning Ispaniyadagi elchixonasiga qilingan hujumga aloqador emas, dedi AQSh davlat departamenti vakili Robert Palladino.

Qo‘shma Shtatlarning bunga hech qanday aloqasi yo‘q , - dedi u jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh har doim butun dunyodagi elchixona va diplomatik missiyalarni himoya qilishga chaqirib keladi.

22 fevral kuni o‘n kishidan iborat guruh KXDRning Madriddagi elchixonasiga hujum qilgan, hujumdan so‘ng guruh rahbari AQShga jo‘nab ketgan va FQB bilan bog‘lanib hujum haqida axborot bergan, deyiladi Ispaniya milliy sudi xabarida.

Hujumda xususan, AQShda yashovchi Meksika fuqarosi Adrian Xon Chan, AQSh fuqarosi Sem Lyu va Koreya Respublikasi fuqarosi U Nan Li ishtirok etgan.

Besh kundan so‘ng Adrian Xon Chan Nyu-Yorkda FQB bilan aloqaga chiqib, hujum haqida batafsil axborot bergan va elchixonada olingan audiovizual materiallarni taqdim etgan, deyiladi sud xabarida.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!