AQSh Adliya vazirligi 2018-2019 yillarda samolyotlarining halokatga uchrashi bilan bog‘liq kelishuvni buzganligi uchun Boeing kompaniyasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishga qaror qildi

AQSh Adliya vazirligi 2018-2019 yillarda samolyotlarining halokatga uchrashi bilan bog‘liq kelishuvni buzganligi uchun Boeing kompaniyasiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishga qaror qildi

Bu haqda “RIA Novosti” vaziyatdan xabardor manbaga tayanib xabar bermoqda.

Konsernga qo‘yilgan ayblov bitta bandni o‘z ichiga oladi - AQSh hukumatini samolyotlar xavfsizligini ta’minlash choralari bilan bog‘liq holatlarda aldash.

Vazirlikning xulosasiga ko‘ra, Boeing ish jarayonini qayta ko‘rib chiqish va muntazam hisobotlar taqdim etish sharti bilan kompaniyani jinoiy ta’qibdan himoya qiluvchi 2021 yilgi kelishuvni buzgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!