Anqara va Nyu-Yorkdan o‘zbekistonliklarni olish kelish uchun yana ikkita reys – jadval

Anqara va Nyu-Yorkdan o‘zbekistonliklarni olish kelish uchun yana ikkita reys – jadval

Uzbekistan Airways o‘zbekistonliklarni Anqara va Nyu-Yorkdan olib kelish uchun ikkita qo‘shimcha reysni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Toshkent – Anqara – Toshkent reysi 29 iyul kuni (chorshanba) amalga oshiriladi.

Parvoz jadvali:

Toshkent-Anqara

Parvoz vaqti soat 10:30 da, kelib qo‘nish vaqti 13:00 da (mahalliy vaqt)

Anqara-Toshkent

Parvoz vaqti soat 16:00 da, kelib qo‘nish vaqti 22:30 da (mahalliy vaqt)

Toshkent – Nyu-York – Toshkent reysi 30 iyul kuni (payshanba) amalga oshiriladi.

Parvoz jadvali:

Toshkent – Nyu-York

Parvoz vaqti soat 06:45 da, kelib qo‘nish vaqti 11:00 da (mahalliy vaqt)

Nyu-York – Toshkent 

Parvoz vaqti soat 13:00 da, kelib qo‘nish vaqti 11:00+1 da (mahalliy vaqt)

Aviachiptalarni aviakompaniya filialining Markaziy sotuvlar ofisida Uzbekistan Airways Sales jonli navbat tartibida, yo‘lovchining shaxsan o‘zi tegishli hujjatlarning asl nusxasi bilan kelgan taqdirdagina sotib olish mumkin: O‘zbekiston fuqarolari uchun - pasport va ketish uchun asos; xorijiy fuqarolar uchun – passport.

Kompaniya aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirishda o‘z xizmatlarini ishonarli tarzda taklif etadigan shubhali shaxslardan yordam so‘ramaslikni so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!